17 ta o'yin, yuzlab kartochkalar va 6 til — hammasi bitta ilovada. Telefonni davraga uzating: savol-javob, mem kartalar…
Toy Topple
Rogatkani torting va o'yinchoqlarni yiqiting
Toy Topple — yarmarkadagi o'yinchoqlar tiri. Rogatkani torting, nishonga oling va javondagi o'yinchoqlarni yiqiting: ayiqchalar, o'rdakchalar, robotlar va pinyatalar. Bir zarba bilan bir nechtasini yiqitsangiz, kombo va qo'shimcha tangalar olasiz.
O'yinda olti tir va 120 daraja bor: sirk, o'yinchoqlar do'koni, neon yarmarka, qishki yarmarka, plyaj va koinot. Har bir tir oxirida katta boss kutadi. Rogatka, kamon va blasterni tanlang, 65 o'yinchoqni kolleksiyaga yig'ing, kunlik topshiriqlarni bajaring va omad g'ildiragini aylantiring. O'yin internetsiz ham ishlaydi.

Nega aynan Toy Topple?
120 daraja
Olti tir, har birida 20 daraja: oddiylaridan qiyinlarigacha.
Katta bosslar
Har tir oxirida boss: uni yiqitish uchun bir necha marta tegish kerak.
Rogatka, kamon, blaster
Har bir qurol o'zgacha otadi va uni kuchaytirish mumkin.
65 o'yinchoq
Yiqitilgan o'yinchoqlar kolleksiyaga tushadi. To'plamlarni yig'ing.
Har kuni sovg'a
Kunlik topshiriqlar, kun sovg'asi va omad g'ildiragi.
Kombo va sandiqlar
Bir zarbada bir nechta o'yinchoq ko'proq tanga beradi, qiyin boss sandiq ochadi.
Olti tir






Qanday o'ynaladi
Rogatkani torting
Barmog'ingizni pastga torting: qanchalik kuchli tortsangiz, shar shunchalik uzoqqa uchadi.
Nishonga oling
Chiziq sharning yo'lini ko'rsatadi. O'yinchoqni mo'ljalga oling.
O'yinchoqlarni yiqiting
Sharlar tugamasidan oldin hamma nishonni yiqiting.
Yulduz va tanga oling
Tangalarga qurolni kuchaytiring va yangi tirlarni oching.

Yangiliklardan xabardor bo'ling
O'yin Google Play'da chiqdi. Tirga boring, o'yinchoqlarni yiqiting va kolleksiyani to'ldiring.
Ko'p beriladigan savollar
Javob topmadingizmi? Bizga yozing — tez javob beramiz.
O'yinni qayerdan yuklab olish mumkin?
Google Play'da bepul. App Store versiyasi tayyorlanmoqda.
O'yin bepulmi?
Ha. O'yinda reklama bor: darajalar orasida va qo'shimcha sharlar yoki ikki karra mukofot uchun ixtiyoriy videolar. O'yin ichida xaridlar yo'q.
Internetsiz ishlaydimi?
Ha, 120 daraja o'yin ichida, natijalar telefonda saqlanadi. Internet reklama, sozlamalar va anonim statistika uchun kerak.
Qaysi tillarda va kim uchun?
O'zbek, rus va ingliz tillarida. 16 yoshdan katta, aniq zarbalarni yaxshi ko'radiganlar uchun. Boshqaruv oddiy: bitta barmoq bilan torting va qo'yib yuboring.
O'yin qanday ma'lumot yig'adi?
Ism, telefon raqami va pochta yig'ilmaydi. Batafsil sahifa pastidagi Maxfiylik siyosatida.
Boshqa ilova va o'yinlarimiz
Studiyamiz yaratgan hamma narsa shu yerda.
Yarim Love — shunday o'yinlarki, ulardan keyin telefonlarga tarqalib ketgingiz kelmaydi. Noz, kulgi, ochiq savollar va…
Mavran — diqqatni jamlash, dam olish va uxlashga yordam beradigan musiqa va tovushlar ilovasi. Musiqani yoqasiz va ekra…
Bitta ustaxonaning iliq yog'och javonlarida oltita turli boshqotirma yashaydi. Hajmli shakllarni aylantiring, vintlarni…
Oxirgi detalni qo'ying va tekis chizma ko'z oldingizda haqiqiy hajmli o'yinchoqqa aylanadi! U o'rnidan turadi, aylanadi…
Kalitli o'yinchoqlar jonlanib, to'g'ri sizga qarab kelmoqda. Siz kichkina robotsiz, lekin mushtlaringiz butun dastgoh b…

